Spetsifikatsiya: BNPL va POS-kreditlashni avtomatlashtirish
Foydalanuvchini roʻyxatdan oʻtkazish
Yangi mijozning mahsulotga kirish ssenariylari va aloqa maʼlumotlarini tekshirish.
| Kod | Imkoniyat | Tavsif |
|---|---|---|
| 1.1 | Mijozni dastlabki roʻyxatdan oʻtkazish | Foydalanuvchini dastlabki roʻyxatdan oʻtkazish formasi |
| 1.2 | Anketa maydonlarini oldindan toʻldirish | Anketa maydonlarini shablon yoki saqlangan maʼlumotlardan avtomatik toʻldirish |
| 1.3 | Telefon va elektron pochtani validatsiya qilish | Aloqa maʼlumotlarining toʻgʻriligini SMS va e-mail orqali tekshirish va tasdiqlash |
| 1.4 | Mijoz va doʻkonni xabardor qilish | Roʻyxatdan oʻtish natijalari haqida foydalanuvchi va doʻkonga bildirishnomalar yuborish |
QQS (qaror qabul qilish servisi)
Mijozni avtomatlashtirilgan baholash va moliyalashtirish shartlarini tayyorlash.
| Kod | Imkoniyat | Tavsif |
|---|---|---|
| 2.1 | Qaror qabul qilish strategiyasi | Mijoz maʼlumotlarini tekshirish va kredit qobiliyatini baholash |
| 2.2 | Toʻlovlar jadvalini hisoblash | Individual toʻlovlar jadvalini hisoblash |
| 2.3 | Xulq-atvor maʼlumotlarini saqlash | Roʻyxatdan oʻtish va rasmiylashtirish jarayonida mijoz harakatlari haqidagi maʼlumotlarni yigʻish va saqlash |
Shaxsiy kabinet
Mijozning oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatishi: hujjatlar, toʻlovlar, bildirishnomalar va takroriy arizalar.
| Kod | Imkoniyat | Tavsif |
|---|---|---|
| 3.1 | Shaxsiy maʼlumotlarni koʻrish | Mijoz haqidagi maʼlumotlarni koʻrsatish |
| 3.2 | Buyurtmalar va boʻlib toʻlashlar (qarzlar) tarixini koʻrish | Buyurtmalar va joriy boʻlib toʻlashlar (qarzlar) roʻyxatini koʻrish |
| 3.3 | Qarz oluvchi uchun hujjatlarni shakllantirish | Shartnomalar va boshqa hujjatlarni koʻrish va yuklab olish |
| 3.4 | Reklama bannerlari | Sozlanadigan reklama va axborot bannerlarini joylashtirish |
| 3.5 | Boʻlib toʻlashni (qarzni) shaxsiy kabinet orqali soʻndirish | Boʻlib toʻlashni (qarzni) shaxsiy kabinet interfeysi orqali toʻlash |
| 3.6 | Boʻlib toʻlashni (qarzni) muddatidan oldin va qisman soʻndirish | Qarzni muddatidan oldin yoki qisman soʻndirish imkoniyati |
| 3.7 | Takroriy boʻlib toʻlash (qarz) uchun soddalashtirilgan ariza | Maʼlumotlarni avtomatik toʻldirish bilan takroriy ariza topshirish |
| 3.8 | Boʻlib toʻlashni (qarzni) uzaytirish (prolongatsiya) | Komissiyalarni sozlash imkoniyati bilan boʻlib toʻlash (qarz) muddatini uzaytirish |
| 3.9 | SMS va email xabarnomalar | SMS va email orqali bildirishnomalar yuborish |
Boʻlib toʻlashni (qarzni) soʻndirish
Muntazam toʻlovlarni qabul qilish va yechib olishlarni avtomatlashtirish.
| Kod | Imkoniyat | Tavsif |
|---|---|---|
| 4.1 | Bank kartasi bilan toʻlash | Boʻlib toʻlashni (qarzni) integratsiyalashgan toʻlov tizimlari orqali bank kartasi bilan toʻlash |
| 4.2 | Avtomatik yechib olishlar | Toʻlov sanasida avtomatik yechib olishni sozlash |
Maʼlumot manbalari va tashqi servislar
Skoring, komplayens va mijoz maʼlumotlarini boyitish uchun ulanishlar.
| Kod | Imkoniyat | Tavsif |
|---|---|---|
| 5.1 | Kredit byurolari (KB) | KATM byurosidan kredit maʼlumotlarini olish va yuklash |
| 5.2 | Qora roʻyxatlarni tekshirish servisi | Mijozni ichki va tashqi qora roʻyxatlar boʻyicha tekshirish |
| 5.3 | Xususiy servislar | JuicyScore va boshqalar |
| 5.4 | Davlat servislari | Davlat servislari orqali cheklovlarni tekshirish (MyID, OneID, JOLQ/TMQ, terrorchilar va ekstremistlar roʻyxati va boshqalar) |
Tizimni sozlash
Mahsulotlar, jadvallar, kirish va tizim kommunikatsiyalarini boshqarish.
| Kod | Imkoniyat | Tavsif |
|---|---|---|
| 6.1 | Boʻlib toʻlash (qarz) mahsulotlarini yaratish va sozlash | Boʻlib toʻlash (qarz) mahsulotlari parametrlari va toʻlov shartlarini sozlash |
| 6.2 | Toʻlovlar jadvalini boshqarish | Toʻlovlar jadvallarini yuritish va tuzatish |
| 6.3 | Yechib olish va eslatmalar strategiyalarini sozlash | Avtomatik yechib olishlar va bildirishnomalar qoidalarini belgilash |
| 6.4 | Rollar va kirish huquqlarini sozlash | Foydalanuvchilar rollari va ularning kirish huquqlarini boshqarish |
| 6.5 | Xabarlar shablonlarini sozlash | SMS va email uchun xabarlar shablonlarini tahrirlash |
| 6.6 | OneID bilan integratsiya | Tizimdagi barcha oʻzgarishlar va harakatlarni loglash |
Xodim kabineti
Mijozlar, shartnomalar va toʻlovlarga hamrohlik qilish uchun operator ish oʻrni.
| Kod | Imkoniyat | Tavsif |
|---|---|---|
| 7.1 | Mijozlar va shartnomalar haqidagi maʼlumotlarni koʻrish | Mijozlar, shartnomalar va boʻlib toʻlashlar (qarzlar) haqidagi maʼlumotlarga kirish |
| 7.2 | Tovarlar va toʻlovlarni koʻrish | Tovarlar va bogʻliq toʻlovlar roʻyxatini koʻrish |
| 7.3 | Arizalar va jarayon qadamlari tarixi | Mijozlar arizalari boʻyicha barcha qadamlarni kuzatish |
| 7.4 | Toʻlovlarni boshqarish | Toʻlovlarni qoʻlda oʻtkazish va tuzatish |
| 7.5 | Mijoz bilan kommunikatsiya | Mijozga xabarlar yuborish va kontaktlarni qayd etish |
| 7.6 | Shartnomalarni bekor qilish va tuzatish | Shartnomalarni tahrirlash va jarimalar hisoblash |
| 7.7 | Hujjatlarni eksport qilish | Hujjatlar va shartnomalarni turli formatlarda yuklash |
| 7.8 | Jarimalar va komissiyalar hisoblash | Kechikishda jarimalar va komissiyalarni avtomatik hisoblash |
Hisob va tahlil
Hisobotlar va buxgalteriya hisobi uchun tashqi tizimlarga maʼlumot uzatish.
| Kod | Imkoniyat | Tavsif |
|---|---|---|
| 8.1 | BI bilan integratsiya | Tahlil va hisobotlar uchun BI’ga maʼlumot uzatish |
| 8.2 | Bekor qilishlar, qaytarishlar va chardjbeklarni hisobga olish | Bekor qilishlar, qaytarishlar va chardjbeklarni hisobga olish |
| 8.3 | 1C bilan integratsiya | Buxgalteriya va soliq hisobini yuritish uchun 1C tizimi bilan avtomatik maʼlumot almashinuvi |